Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi o’quv zalida sevimli yozuvchi, qalami o’tkir shoir Matnazar Abdulhakim tavalludining 75 yilligi munosabati bilan Urganch tumani 38-sonli maktabi 7-sinf o’quvchilari va faol kitobxonlar klubi a’zolari bilan birgalikda davra suxbati tashkil etildi. Suxbat davomida Ona-tili va adabiyot o’qituvchisi Muborak Matchanova tomonidan o’quvchilarga shoir ijodidan ma’lumotlar berildi va o’quvchilar shoir qalamiga mansub she’rlardan aytib o’tishdi. Tadbir so’nggida Markaz rahbari Mehribon Yusupova Matnazar Abdulhakim ijodidan ushbu jumla bilan tadbirni yakunladi.
✍️Men osmonga maktublar yozdim
Ruxi yuksak, so’zlari oliy
hayollarim samoviy edi,
Maktublarim esa — hayoliy