Sevimli yozuvchimni xotirlab…

Xorazm viloyati Yozuvchilar uyushmasi, Urganch tumani Hokimligi, Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi, Oila va xotin-qizlar faollari, Urganch tumani 7-sonli maktabi o’quvchilari va Ma’daniyat bo’limining bir gurux sanatkorlari ishtirokida xotira kechasi bo’lib o’tdi. Xorazm viloyati Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, do’stlari xotirlab Taniqli shoir tarjimon va olim Matnazar Abdulhakim to’g’risida iliq so’zlar, ishlagan davrdagi qiziqarli voqealar haqida so’zlab berdilar. Tadbir davomida 7-sonli maktab o’quvchilari tomonidan shoir ijodidan she’rlar, kuy qo’shiqlar ijro etildi.

▪️2010-yil 18-sentabrda vafot etgan.
Hozir tirik bo’lganlarida 75 yoshga to’lgan bo’lar edi.