Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida Urganch tumani 1-Sonli maktab faol o’quvchilari bilan birgalikda «Zulfiyaxonim sadoqat timsoli» nomli tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tuman bo’linmasi rahbari Rano Vafayeva, mutaxassislari G’uncha Alimova, 1-Sonli maktab kutubxonachilari, kitobxonlar mehmon bo’lishdi. Tadbirda ishtirokchilar tomonidan Zulfiyaxonim qalamiga man’sub she’rlar, sahna ko’rinishlari va chiroyli raqslar ijro etildi. Tadbir so’nggida Rano Vafayeva Zulfiyaxonim ijodiga bag’ishlab tashkil etilgan ko’rgazma bilan tanishdi, va o’quvchilarga o’z tushunchalarini berib o’tdi. Tadbirda faol qatnashgan o’quvchilar va tadbirni tashkillashtirishda yaqindan yordam bergan o’qituvchilaga markaz tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi.