«Mehr kutubxonasi» loyihasi

Ijtimoiy himoyaga muxtoj, nogironligi bo’lgan, nafaqadagi kitobxonlarga ko’rsatiladigan kutubxona xizmati sifatini yaxshilash, ularni kitobga bo’lgan qiziqishlarini oshirish va ma’naviy yordam berish maqsadida Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi tomonidan «Mehr kutubxonasi» loyihasi joriy etilgan bo’lib, loyiha doirasida tumandagi «shodlik» MFYda istiqomat qiluvchi Ro’za Abdurahmonova, Muhabbat Durdiyeva va Axmedovlar xonadoniga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida kitobxonlar talabiga binoan badiiy adabiyot va gazeta, jurnallar yetkazib berildi.