“Yo’l-yo’lakay o’qiymiz” loyihasi doirasida Axborot-kutubxona markazi hodimlari aholini, ayniqsa yoshlarni kitob o’qishga jalb qilish maqsadida ko’plab loyihalar, qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkazib kelmoqdalar. “Yo’l-yo’lakay o’qiymiz” loyihasi shular jumlasidan. Markaz mutaxasisslari yangi kitobxonlarni izlash maqsadida Urganch tumani markaziy ko’chalaridan «Mustaqillik», «Iftixor», «Mevazor» ko’chalarining birida o’tkazdilar. Suxbat davomida aholi va yo’lovchilar, yosh avlod vakillarini kutubxona fondidan joy olgan yangi adabiyotlar bilan tanishtirildi.