«Kitobsevar millat»

2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosi yuzasida nazorat rejasining 72-maqsad: Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko’rsatishni yanada rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda “Kitobsevar millat” umummiylik g’oyasini amalga oshirishdir. Bugun Urganch tumani Agro bank hodimlari «Yoshlar oyligi» doirasida markazga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida kutubxona faoliyati, ko’rgazmalar va adabiyotlar bilan tanishdilar. Markaz hodimlari va talaba yoshlar bank hodimlari tomonidan o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.