Urganch tumani axborot-kutubxona markazida Urganch davlat unversiteti filologiya fakulteti talabalari bilan birgalikda «Yoshlar bizning kelajagimiz» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Talabalar o’zlari sevib o’qigan asrlaridan, sevimli yozuvchilari haqida fikrlar almashdilar. Markaz hodimi Z.Saidova tomonidan talabalar bilan birgalikda psixologik testlar, qiziqarli o’yinlar tashkil etildi. Suhbat davomida ijodkor talaba yoshlar tomonidan she’rlar tinglandi.