O‘zbekiston Prezidentining 2022 – 2023 yil 25 – avgustdagi «Buyuk mutafakkir Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 – yilligini xalqaro miqyosida keng nishonlash to‘g‘risida» gi PQ 361-sonli qarori ijrosini amalga oshirish bo‘yicha Urganch tumani axborot – kutubxona markazining “Abu Rayhon Beruniyni 1050 yilligi» mavzusi doirasida adabiy kecha bo’lib o’tdi. Kechada Urganch davlat unversiteti filologiya fakulteti talabalari tomonidan Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodi to‘g‘risida hamda asarlari haqida ma’lumotlar berib o’tildi. Adabiy kechada talabalar tomonidan «Beruniy” romanining “Xuroson. Sulton Mahmud G‘aznaviy” hikoyasidan parcha namoyish etib, Beruniy asarlarining mazmun mohiyati ochib berildi. Suxbat so’ngida kitobxon yoshlarning Beruniy asarlari bo‘yicha fikr mulohazalari tinglandi.