Buyuk mutafakkir, qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.
Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi o’quv zalida faol yosh kitobxonlar bilan birgalikda buyuk mutafakkir, qomusiy olim Abu Rayhon Beruniy tavalludining 1050 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida markaz xodimi “Shoirlar va olimlar”, “Zarofat oqshomi” nomli hikoyalari haqida qiziqarli ma’lumotlar berdilar. Ushbu hikoya buyuk ajdodimiz hayoti va faoliyatiga bag’ishlab yaratilgan tarixiy hikoya yurtimizda birinchi Renessansning yuzaga kelish sabablari va shart-sharoitlari, ulug’ mutafakkir bobomizning porloq shaxsiyati, yoshlarimizga o’rnak bo’ladigan jihatlari haqida hikoya qilinganligi aytib o’tildi.