🌈 Iste’dodlar markazi
Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Iste’dodli yosh kitobsevarlarni izlash maqsadida Urganch tumani «Barkamol avlod» bolalar maktabiga tashrif buyurildi.
Tashrif jarayonida «Tasviriy san’at» to’garagida tahsil olayotgan yosh ijodkor, musavvirlar tomonidan tayyorlangan qo’l ishlari, ko’rgazmalar va husnkor manzaralar bilan tanishildi. Shuningdek Iste’dodli yoshlar bilan qiziqarli suhbatdan bahramand bo’ldik.
Tashrif yakunida o’quvchi yoshlar markazga a’zo etildi va mutolaa qilish uchun yangi kitoblar tanlab oldilar.