«Kitob mutolaasiga havas avvalo, oiladan boshlanishi, ota-onalar farzandlarida kitob o’qishga mehr uyg’otishi uchun o’zlari kitobxon bo’lishlari lozim». ✍️Shavkat Mirziyoev
Tarbiya uydan boshlanadi, oilada ota-ona kitobga mehr qo’ygan bo’lsa bunday oilada farzand ham kitobga oshno bo’ladi, o’zida barkamol shaxs hislatlarini namoyon qilishga harakat qiladigan farzand bo’lib voyaga yetadi.
Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsastish xodimlari «Kitobxon onalar kuni» munosabati bilan tumandagi «Oltin ko’l» MFY sida istiqomat qiluvchi Matkarimova Amina ona holidan xabar olindi va farzandlari tarbiyasida kitobxonlikni o’rni to’g’risida suhbatlashildi.
Suhbat davomida nuroniy onaxonimiz mahalladagi faol ayollarni yurtimizda turli sohalarda erishilayotgan barcha yutuqlari haqida so’zlab o’tdi. Bugungi kitobxon onaxonimiz bilan o’tkazilgan suhbat maroqli bo’lib o’tdi.