«Kitob mening do’stimsan»

📙»Kitob mening do’stimsan»
Urganch tumani 38-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi hamda Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi bilan hamkorlikda 1″B»-sinf o’quvchilari ishtirokida «Kitob mening do’stimsan» mavzusida tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o’quvchilar ijrosida she’rlar, kuy-qo’shiq va chiroyli raqslar namoyish etildi. Tadbir so’nggida markaz tomonidan faol qatnashgan o’quvchilar faxriy yorliq va kitoblar bilan taqdirlandi. Ko’tarinki ruhda o’tgan tadbir barchaga xush kayfiyat ulashdi.