📚Yoshlarining besh muhim tashabbus doirasida kitobxonlik madaniyatini yanada takomillashtirish, badiiy asar mutolaasi orqali ma’naviy barkamollikka erishish, so’z san’atkorlari ijodini o’rganish, targ’ib qilish, ularning asarlaridagi vatanparvarlik, komil inson, sadoqat va hayotga muhabbat g’oyalarini yoshlar o’rtasida keng targ’ib qilish maqsadida Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida «Kitobxonlar klubi» a’zolari va tumandagi 38-sonli maktabning o’quvchilari ishtirokida «Besh muhim tashabbus» nomli tadbir o’tkazildi.
🏆 Tadbir davomida she’r, kuy-qo’shiqlar va chiroyli raqslar namoyish etildi. Shuningdek o’zbek adabiyoti durdonalaridan sanalgan roman va asarlar bo’yicha tuzilgan savollar asosida viktorina o’yinlari tashkil etildi.
Tadbir so’nggida markaz xodimlari tomonidan ishtirokchilar javoblari baholanib borildi va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.
📌Bunday tadbirlardan asosiy maqsadimiz bir guruh shijoatli, iqtidorli o’quvchi-yoshlarni mahoratlarini aniqlashdir.