Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag’ishlab «Siz Navoiyni o’qiganmisiz» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. mutafakkir shoirimiz, so’z mulkining sultoni bo’lgan Alisher Navoiyning adabiy merosi, ilmiy, tarixiy- ma’rifiy asarlari jahon adabiyotining nodir durdonalaridan ko’rgazma tashkil etildi. Markaz xodimlari tomonidan ko’rgazmadan joy olgan Navoiy asarlari haqida talabalarga ma’lumotlar berildi hamda talabalar tomonidan Navoiy ijodidan ga’zallar tinglandi.