Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi tumandagi 1-sonli Umumiy o’rta ta’lim maktabining Babajonova Dilafruz rahbarligidagi 8-sinf o’quvchilari ishtirokida buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag’ishlab «Navoiy avlodlar ardog’ida» mavzusida adabiy-badiiy kecha o’tkazildi. Adabiy-badiiy kechani Markazning Fondlarni to’ldirish, saqlash va ishlov berish xizmati rahbari H.Matkarimova kirish so’zi bilan tadbirni ochib berib so’z mulkining sultoni bo’lgan Alisher Navoiyning adabiy merosi, ilmiy, tarixiy- ma’rifiy asarlari jahon adabiyotining nodir durdonalari ekanligi, barcha turkiy xalqlarning iftixori bo’lgan bu ulug’ insonning bebaho merosini bilish, o’zligimizni anglash va jamiyatimizga munosib bilim, tafakkur hamda yuksak madaniyat sohiblari bo’lib yetishishda keng foydalanish kerakligi haqida fikr bildirdi. Tadbir davomida o’quvchilar tomonidan Navoiy g’azal va ruboiylari va dilrabo qo’shiq va raqslar namoyish etildi.