Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida yosh kitobxon onalar va o’quvchilarni kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va oila haqidagi bilimlarini oshirish maqsadida psixolog Sh.Razzoqovning «Oila alifbosi» kitobi taqdimoti o’tkazildi.
Markazning AKT va raqamlashtirish xizmati mutaxasissi Z.Saidova tomonidan ushbu asarda oila va uning mustahkamligini ta’minlovchi omillar, oiladagi erkak va ayolning burchlari, ularning oiladagi o’rni, mas’uliyati, oilaviy ajrimlarning sabablari va salbiy oqibatlari haqida 3 kitobdan iborat
«Oila alifbosi» kitobining yozilishiga turtki bo’lgan oilaviy muammolar, ularning asosiy sabablari va ularni oldini olish uchun nimalarga e’tibor berish kerakligi to’g’risida ma’ruza qildi.
Ushbu uchrashuvda o’quvchilar mazkur asar yuzasidan o’zlarining fikr-mulohazalarini bildirishdi.