IV Respublika kitobxonlik xaftaligi

Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi kitobsevar kitobxonlari bilan gavjum. Kitobsevar millat shiori ostida o’tkazilayotgan IV Respublika «Kitobxonlik  haftaligi» doirasida Urganch tumani 38-sonli maktabning 3-sinf o’quvchilari ishtirokida mahorat darslari va kitob taqdimotlari o’tkazildi. Taqdimot davomida o’quvchilar kitoblar haqida she’r va sahna ko’rinishlari, kuy va qo’shiqlari bilan qatnashishdi, shuningdek madaniyat bo’limi xodimlari tomonidan kuy qo’shiqlar ijro etilib, aholi va yoshlarga hush kayfiyat bag’ishladi.