Ulug’ ayyomimizning «Bir bo’lsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!» g’oyasi ostida nishonlanayotgani barchamizga o’zgacha shukuh bag’ishlamoqda.
Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida «Kitobxonlar klubi» a’zolari 2-sinf o’quvchilari ishtirokida «Tinchlik barcha ne’matlarning oliysidir» deb nomlangan tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda o’quvchilar tomonidan vatanni madh etuvchi she’r, kuy-qo’shiqlar ijro etildi. Tadbir so’nggida markaz direktori M.Atabayevna so’zga chiqib tinchlik oliy ne’mat ekanligi, ajdodlarimiz boshidan o’tkazgan birinchi, ikkinchi renessansning davomchilari bo’lishimiz kerakligi haqida so’zlab, barchani bayram bilan tabrikladi.