Yurtimiz bo’ylab keng nishonlanyotgan «Xon atlas» festivali Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida yuqori kayfiyatda davom etmoqda.
Bugun nafaqat yurtimizda, balki dunyo bo’ylab eʼtirof etilayotgan o’zbek milliy matolari xalqimizning ming asrlik o’tmishi, urf-odatlari, an’analarini o’zida mujassam etadi.
Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo’inmasi rahbari R.Vapaeva Axborot-kutubxona markazida tashkil etilgan «Xon atlas» festivalida ishtirok etib, Xon atlas tarixi to’g’isidagi afsonani so’zlab berdi. Bir so‘z bilan aytganda, haftalik bayram sifatida yuqori saviyada nishonlanmoqda. Shuningdek markazga tashrif buyurgan mehmonlarda namoyish etilgan milliy matolar ko’rgazmasi barchada iliq taassurot qoldirmoqda.