«Ilmli ayol — jamiyat ko’zgusi»

Urganch Axbrot-kutubxona markazida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tuman bo’linmasi rahbari R.Vapayeva, tuman «Oltin ko’l», «Arboblar» mahalla fuqarolar yig’ini faollari va «Oqila ayollar» harakati ayollari, o’quvchi-yoshlar ishtirokida «Xon atlas» haftaligi doirasida «Ilmli ayol-jamiyat ko’zgusi» mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.
Ushbu tadbirda «Qizlarjon» klubi faollari hamda Amaliy ishlar va tikuvchilik to’garaklarining mohir qizlari o’zlarining amaliy qo’l ishlaridan ko’rgazmalari, milliy atlas matolari taqdimotlarini namoyish etishdi. Uchrashuv davomida «Oqila ayollar» harakati faol ayollari oila va oilaviy qadraiyatlar, oilada onaning o’rni haqida so’z yuritib, o’quvchi-yoshlarga o’zlarining tavsiyalarini berishdi. Suhbat davomida o’quvchilar oila deb atalmish mustahkam qo’rg’onni barpo qilishda ko’proq nimalarga ahamiyat berish kerakligi haqida tadbir mehmonlarining fikrlarini tinglab, o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi