1-oktabr — «Ustoz va murabbiylar kuni»ga bag’ishlangan bayram tadbiri o’tkazildi.
Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi jajji «Kitobxonlar klubi» a’zolari ishtirokida «1-oktabr — O’qituvchi va murabbiylar kuni»ga bag’ishlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Bayram tadbirining badiiy qismida badiiy chiqishlar qilinib, bir-biridan ajoyib kuy-qo’shiqlar va turli sahna ko’rinishlari namoyish etildi.
Tadbir davomida markaz rahbari M.Ataboyevna so’zga chiqib, yurtimizda yangi avlod, yangi g‘oyalar sohiblarini tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifani ado etishda, yosh avlodning tafakkur dunyosini shakllantirishda xizmat qilayotgan — ustoz va muallimlar mehnatlari beqiyos ekanligini ta’kidlab, ustozlarga hurmat va ehtirom ila chuqur minnatdorchilik bildirdi va barchani bayram bilan tabrikladi. Shuningdek bugungi bayram tadbirga tuman Madaniyat bo’limi xodimlari o’z kuy-qo’shiqlari bilan ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.