Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tumani bo‘linmasi, Nuroniy jamg‘armasi tuman bo‘limi hamda tuman Axborot — kutubxona markazi xodimlari hamkorligida mehnat faxriylari, keksa otaxon va onaxonlar “Keksalar haftaligi” doirasida “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz” ustuvor g‘oyasi asosida “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyiga tashrif buyurib, muzey faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, yoshlar bilan qiziqarli mavzularda suhbatlashdilar. Ma’ruzachilar mustabid tuzum davrida qurbon bo’lgan ota-bobolarimizning matonati, ularning milliy ma’naviyatimizdagi o‘rni va ahamiyati, ta’lim-tarbiya sohasiga salmoqli hissasi haqida fikr yuritdilar. Tadbir davomida nafaqat tarixiy haqiqatni tiklash balki qatag‘on qurbonlarining ibratli hayoti va mustaqillik uchun olib borgan kurashlari ishtirokchilarda o‘zgacha g‘urur va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otdi.