Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi Abonement va foydalanuvchilarga xizmat ko’rsatish xizmati xodimi L.Hakimova «Ertaksevar bolajon» loyihasi doirasida Mark Tvenning «Tom Soyer», «Tom Soyer va Geklberri Finning boshdan kechirganlari», «Tom Soyerning yangi sarguzashtlari», «Yanki va qirol Artur»singari ertak kitoblari haqida «Kitobxonlar klubi» a’zolari bilan birgalikda davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida markaz xodimi mashhur adib mazkur asarida yosh, o‘ta qiziqqon va sho‘x, chigal to‘siqlardan ham qiynalmay o‘ta oladigan, og‘ir va murakkab sharoitlarda ham o‘zini tuta biladigan, uddaburon bola Tom Soyer haqida hikoya qiladi. Tomning o‘ta makkor va firibgar hindi Joning iziga tushishi va undan qo‘rqmasligi, g‘ayritabiiy xayollar olamida yurishi butun shaharcha ahlini, hatto Tomning do‘stlarini ham hayratga soladi.
Shuningdek: Ertaksevar bolajonlar Tomdagi jasoratga qoyil qoladilar va ularda «Tom Soyerning yangi sarguzashtlari» asariga katta qiziqish uyg’ondi.