«Zakovat» intellektual o’yini

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-yanvardagi «Zakovat» intellektual o’yinini aholi o’rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o’yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-96-son qarori ijrosini ta’minlash hamda maktab o’quvchilarining intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularning mantiqiy bilimlarini oshirish, kitobxonlikka bo’lgan qiziqishlarini qo’llab-quvvatlash maqsadida Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida tuman 38-sonli maktabning 6-sinf o’quvchilari ishtirokida «Zakovat» intellektual o’yini o’tkazildi. Bellashuvda «Kitobxonlar klubi» a’zolarining iqtidorli o’quvchilaridan iborat 2 ta jamoa ishtirok etishdi. Bellashuvda g’oliblarga markaz tomonidan kitoblar sovg’alar etildi.