«Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz»

Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida «Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Tadbir davomida faol kitobxonlarimiz tomonidan vatanni madh etuvchi she’r, kuy-qo’shiqlar va sahna ko’rinishlari namoyish etildi. Tadbir so’nggida markaz rahbari so’zga chiqib, «Yangi O’zbekistonda el aziz, inson aziz » ezgu g’oyasi asosida o’quvchi — yoshlarga istiqlol azaliy orzu ekanligi, uni ko’z qorachig’idek asrash insoniylik burchimiz ekanligi haqida takidlab o’tdi.
🎼Shuningdek bugungi bayram tadbirga tuman Madaniyat bo’limi xodimlari o’z kuy-qo’shiqlari bilan ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.