Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi «Kitobxonlar klubi» a’zolari ishtirokida «Ajdodlarga munosib farzand bo’laylik» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida markaz xodimi G.Botirova, Z.Matkarimovalar tomonidan o’quvchilarga jadid namoyondalarimiz haqida maruzalar o’qib eshittirildi.
Shuningdek, Jadidchilik dastlab 19-asrning 80-yillarida Qrimda Ismoilbek Gasprinskiy rahbarligida qrimtatarlar o’rtasida vujudga keldi. Jadidchilik harakati namoyandalari ko’pincha o’zlarini taraqqiyparvarlar, keyinchalik jadidlar deb atashgan. O’sha davrning ilg’or taraqqiyparvar kuchlari, birinchi navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada qolayotganligini his etib, jamiyatni isloh qilish zaruriyatini tushunib yetgandilar. Uning shakllanish va mag’lubiyatga uchrash davrlari bo’lib, ularni shartli ravishda to’rtga bo’lish mumkinligi haqida so’zlab o’tildi. Hamda o’quvchilar mavzu yuzasidan o’z fikrlarini bildirishdi.