«Matnazar Abdulhakim- mening nigohimda»
O’quvchilarning ma’naviyatini yuksaltirish, madaniy saviyasini rivojlantirish va kitob mutolaasiga bo’lgan qiziqishlarini uyg’otish, maktabdan tashqari ta’lim muassasalari va darsdan tashqari faoliyat ko’rsatayotgan kitobxonlik to’garaklaridagi o’quvchilar qamrovini oshirish maqsadida ko’plab atoqli adiblar tavallud sanalariga bag’ishlangan ko’rik-tanlovlar tashkil etilib kelinmoqda.
Xususan; Urganch tumani Xalq ta’limi bo’limi va Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi hamkorligida hozirgi adabiy jarayonda faol ishtirok etib, o‘zidan ezgu nom va bezavol ijodiy meros qoldirgan, o’zbek adabiyoti rivojiga sezilarli hissa qo’shgan ko’hna vohaning zabardast shoiri, barcha adabiyot ixlosmandlari qalbidan chuqur joy egallab ulgurgan Matnazar Abdulhakim tavalludining
77 yilligiga bag’ishlangan «Matnazar Abdulhakim-mening nigohimda» nomli ko’rik–tanlovi tashkil etildi.
Markaziy kutubxona | Urganch TAKM ! 🇺🇿, [18.02.2025 16:34]
Ko’rik tanlovda o’quvchilar tomonidan shoir ijodidan she’rlar, sahna ko’rinishlari va hayoti ijodidan videoro’liklar namoyish etildi.
Bugungi tanlov natijalariga ko’ra:
🥇36-sonli maktabi diplom va 500 ming so’mlik kitoblar jamlanmasi,
🥈7-14-sonli maktabi diplom va 400 ming so’mlik kitoblar jamlanmasi,
🥉17-23-sonli maktabi diplom va 300 ming so’mlik kitoblar jamlanmasi, bilan taqdirlandilar.