Urganch tumani Axborot-kutubxona markazida «Milliy qadriyatlar» oyligi doirasida «Milliy qadriyatlar — millat ma’naviyatining ko’zgusi» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Bugungi suhbatda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Urganch tuman bo’linmasi rahbari G.Jabborova mehmon sifatida ishtirok etib, millat ma’naviyatini ko’rsatuvchi ramzlar, qadriyat va an’analarning jamiyatda tutgan o’rni, yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar, ularni qo’llab-quvvatlash bo’yicha yangi tashabbuslar hamda shu masala yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida o’z fikr-mulohazalarini bildirdi. Muloqot davomida markaz xodimlari tomonidan kitobxonlik hamda kitobning inson ma’naviy olamidagi ahamiyati haqida fikr yuritishdi, bu borada kitobxonlar muvaffaqiyatlarini e’tirof etishdi. Shuningdek, G.Jabborova markaz faoliyati bilan yaqindan tanishib, markaz rahbari va jamoaga kelgusi ishlarida omadlar tilab, o’z tashakkurini bildirdi.