🌼Urganch tumanida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o’tkazildi.
Tadbir avvalida tuman hokimi G’ayratjon Po’lativich so’zga chiqib, o’z tabrigida xotin-qizlarning jamiyatimizdagi o’rni, tumanimiz gullab yashnashidagi muhim ro’li haqida alohida to’xtalib barchani bayram bilan muborakbod etdi. Tabrikdan so’ng mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, kuchli ijtimoiy himoya siyosatini amalga oshirish, Yangi O’zbekiston taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini ta’minlashga qo’shgan munosib hissalari uchun bir guruh xotin-qizlarga hokimlikning faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg’alari topshirildi. Shu qatorda Urganch tumani Axborot-kutubxona markazi faollari ham munosib taqdirlandi. Tadbir davomida tuman Madaniyat bo’limi xodimlarining musiqiy chiqishlari barchaga manzur bo’ldi.