UCH AVLOD UCHRASHUVI
Ko’p yillardan beri Urganch tumani axborot-kutubxona markazida an’anaviy tadbirlardan biriga aylangan tarix, bugun va kelajakni o’zida mujassam etgan «Uch avlod uchrashuvi» bugun Urganch tumani «Nuroniy» jamg’armasining faol nuroniylari bilan o’zgacha ruhda tashkil etildi. Uchrashuv davomida «Nuroniy» jamg’armasi rahbari Jumanazar Bobojonov so’zi avvalida, bunday uchrashuvlardan asosiy maqsadimiz, yoshlarni har tomonlama qo’llab-quvvatlash, ularni xalqimizning ko’p asrlik an’analarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash hamda yoshlarda shukronalik xissini shakllantirishdir, hamda milliy qadriyatlarimizni ardoqlash, ajdodlarimiz yo’lidan borish, o’zligimizni tanish va kelajakka yorqin nigoh bilan qarash yurt rivojida muhim ahamiyat kasb etishi, yoshlar orasida milliy qadriyatlarni targ’ib qilishga katta e’tibor qaratishimiz lozimligini takidlab o’tdilar. Bugungi uchrashuvda nuroniylar hayotiy pand-nasihatlari o’quvchi-yoshlar uchun yuksak ma’naviy tarbiya bo’ldi desak mubolag’a bo’lmaydi.