Urganch tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari, Urganch davlat unversiteti Kimyoviy texnologiyalar fakulteti talabalari ishtirokida badiiy adabiyotlar taqdimoti tashkil etildi. Suhbat davomida Klaus Shvab «To’rtinchi sanoat inqilobi», Hayriddin Sultonning «Odamlardan tinglab hikoya» nomli kitoblar mazmun-mohiyati chuqurroq ta’riflab o’tildi. Xususa, yoshlarni ma’naviy barkamol qilib tarbiyalash, mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, har tomonlama yetuk va barkamol avlod bo’lib yetishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganligi to’g’risida fikrlar bildirilib, talabalarni ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirishdi. Shuningdek, yoshlarga kitob va kitobxonlik targ’ibotlari borasida o’z tavsiyalarini berishdi. Talabalar ham o’zlarini qiziqtirgan savollari bilan faol ishtirok etishdi.