🌾Sharqning eng qadimiy va fayzli bayramlaridan biri Navro’z nafaqat tabiat uyg’onishi, balki inson qalbidagi yaxshilik, bag’rikenglik va yangi maqsadlar sari yo’l ochuvchi ayyomdir.
Urganch tumani axborot-kutubxona markazida Navro’z ayyomi munosabati bilan «O’lkamizga xush kelding navro’z!» nomli tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda jajji o’quvchilar tomonidan milliy va zamonaviy kuy-qo’shiqlar va raqslar ijro etildi. Tadbir so’nggida markaz rahbari M.Yusupova so’zga chiqib Navro’z-qadim qadriyatlar, bunyodkorlik, birdamlik, yasharish-yangilanish va rizq-ro’z bayramligi haqida so’zlab, ushbu bayram tadbirini tashkillashtirishda faol ishtiroki uchun tuman 38-sonli maktabning boshlang’ich sinf o’qituvchisi N.Xolbayeva va jamoaga o’z minnatdorchiligini bildirdi. Ko’tarinki kayfiyatda o’tkazilgan ushbu tadbir barchaga xush yoqib, o’zgacha shukuh bag’ishladi.

💐Barchangizga ushbu ulug’ ayyom xotirjmlik, baxt va farovonlik olib kelsin!
Navro’z muborak!