Yurtimizda yashovchi turli din va millatlar o’rtasidagi bag’rikenglik muhitini targ’ib etish va mustahkamlashga qaratilgan tadbirlar tashkil etilmoqda.
Urganch tumanidagi «Ulli hovli» tarixiy majmuasida o’tkazilgan bayram tadbirida viloyatimizda istiqomat qilib kelayotgan turli millat vakillarining ahilligi, hamjihatligi yana bir bor namoyon bo’ldi. Shuningdek, «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida ko’chat ekish bilan boshlangan tadbirlar, milliy madaniy markazlar vakillari, san’at ustalari ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar bilan davom etdi. Xalq hunarmandchiligi buyumlari, milliy liboslar, bahor taomlari, suratlar va kitob ko‘rgazmalari, milliy sport o‘yinlari tadbir qatnashchilariga bayramona kayfiyat bag‘ishladi, doshqozonlarda sumalak va boshqa milliy taomlar tayyorlandi. Tadbir yakunida ko’plab yutuqlarga erishgan yoshlar va tadbirni tashkillashtirishda yaqindan yordamlari uchun hamkor tashkilotlar viloyat hokimi Jo’rabek Raximov tomonidan taqdirlandilar.