📚1967-yilda Xalqaro bolalar kitobi kengashi tomonidan qabul qilingan qarorga ko’ra, jahonning ko’pgina mamlakatlarida daniyalik buyuk ertakchi Xans Kristian Andersenning tavallud kuni — 2-aprel «Xalqaro bolalar kitobi» kuni muhim bayram sifatida nishonlanadi.
Shu bilan birga bolalar adabiyoti barchani birdek qiziqtira oluvchi bebaho manbadir. Kitoblardagi hikoyalar, quvnoq ulardagi turli qahramonlar yosh avlod tarbiyasida katta ahamiyatga egadir. Urganch tumani axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan 2-aprel «Xalqaro bolalar kitobi kuni» hamda Hans Kristian Andersen tavalludinig 220 yilligiga bag’ishlangan «Butun dunyo bolalari kitoblarni sevadi» nomli tadbir bo’lib o’tdi. Tadbir davomida tuman 38-sonli maktabning o’quvchilari tomonidan kitoblar to’g’risida she’r, kuy-qo’shiq va jajji qizlar tomonidan raqslar yig’ilganlarga xush kayfiyat bag’ishladi.