Urganch tumani axborot-kutubxona markazida buyuk sarkarda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati o’quvchi-yoshlar ishtirokida «Vatanga xizmat oliy fazilat» mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Unda 38-sonli maktabning yoshlarni chaqiriqqa tayyorlash fani o’qituvchisi O.Mahmudov mehmon sifatida taklif etildi va yoshlarimizda Vatanga bo’lgan muhabbat va qurolli kuchlarimizga bo’lgan yuksak ishonchni uyg’otuvchi fikrlari bilan o’rtoqlashishdi. Shuningdek, markaz xodimi O.Babajonova Amir Temur kabi ajdodlarimizning hayoti va faoliyati, harbiy yurishlari haqida hikoya qiluvchi asarlar to‘g‘risida ma’lumot berdi. Bugungi uchrashuvda mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda xalqimiz tarixi va ma’naviy qadriyatlarga yuksak hurmat tuyg‘usi, siyosiy-mafkuraviy immunitetni shakllantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida atroflicha so‘z yuritdi.