Urganch tumani Oltinko’l mahallasi Buyuk turon ko’chasi 35 uyda yashovchi Nutmatov Umidbek tomonidan tashkil etilgan shaxsiy kutubxonaga tashrif buyuruldi. Ushbu shaxsiy kutubxonada turli sohalarga oid 2500 ga yaqin adabiyotlar, turli gazeta va jurnallar mavjud.
Ushbu shaxsiy kutubxonadan Nutmatov Umidbekning oila a’zolari, yaqin insonlari va ushbu mahallada yashovchi kitobxon insonlar muntazam foydalanib kelmoqdalar. Ushbu xonada nafaqat kitob o’qish uchun balki, shaxsiy izlanishlari uchun kampyuter texnikalari bilan jixozlagan.