Urganch tumani axborot-kutubxona markazida 38-sonli maktabning 2-4 sinf o’quvchilari ishtirokida «Kitobxonlar bayrami» doirasida «Kitobim-oftobim» nomli tadbir bo’lib o’tdi. Ushbu tadbirda maktabning MMIBDO’, O’TIBDO’, maktab kutubxonachisi va boshqa ustozlar ishtirok etishdi. Tadbirda turli sahna ko’rinishlari, she’rlar va turli qiziqarli chiqishlar naoyish etildi. Tadbirda o’quvchilar ishtirokida turli fanlarga oid viktarina musaboqasi o’tkazildi va g’olib o’quvchilar markaz va maktabning faxriy yorliq va estalik savg’alariga ega bo’lishdi. Bundan tashqari kitoblarning yaratilish tarixi haqida suhbatlashildi.