Milliy qadriyatlar bebaho boyligimiz
🌈Milliy an’analarimiz va liboslarimiz bilan faxrlanish — bu nafaqat o’tgan ajdodlarga hurmat, balki kelajak avlodlarga bebaho madaniy merosni yetkazish imkoniyatidir. O’z milliy libosimizni kiyish o’zligimizni, ma’naviy merosimizni qadrlashning eng yaxshi yo’lidir!
Urganch tumani axborot-kutubxona markazida Urganch davlat unversiteti Kimyo texnologiyalari tyutor va talabalari ishtirokida «Milliy qadriyatlar bebaho boyligimiz» mavzusida milliy qadriyatlarimiz va milliy liboslar to’g’risida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida markaz hodimi Z.Saidova va tyutor G.Davletova tomonidan milliy liboslarning hayotimizdagi ma’naviy va madaniy ahamiyati haqida so’z yuritildi. Unda talabalar milliy liboslarning tarixi va ularning bezak elementlari haqida ma’lumotlarga ega bo’lgan holda, milliy liboslar orqali xalqimizning san’ati va hunarmandchilik sohasidagi mahoratini yana bir bor his etdilar.