Urganch tumani axborot-kutubxona markazi mutaxassislari Urganch davlat unversiteti Kimyo texnologiyalari fakulteti talabalari bilan davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston — 2030″ strategiyasi» va «Hozirgi zamon va yangi O’zbekiston» nomli kitoblar taqdimoti o’tkazildi. Unda markaz hodimi O.Babajonova tomonidan mo’ljallangan davlat dasturining mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag’ishlangan, xalqimizning erkin va farovon, qudratli Yangi O’zbekistonni barpo etish bo’yicha xohish-irodasini ro’yobga chiqarish, har bir fuqaroga o‘z salohiyatini rivojlantirish uchun barcha imkoniyatlarni yaratish, sog’lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlash to’g’risidagi qiziqarli ma’lumotlar aytib o’tildi. Shuningdek, talabalar ham o’zlarini qiziqtirgan savollari bilan faol ishtirok etishdi.