🧑💻Urganch tumani axborot-kutubxona markazi axborot kommunikatsiya texnologiyalari va raqamlashtirish xizmati hodimlari tomonidan markaz hodimlari uchun kompyuter savodxonligini oshirish maqsadida navbatdagi seminar tashkil qilindi. Unda AKT xizmati tomonidan kitoblarni skanerlash, ularni «ABBYY Fine reader» dasturida qayta ishlash, serverlarga joylash bo’yicha, va «PowerPoint», «Microsoft Excel» dasturlarida ishlash bo’yicha xodimlarga tushuntirish ishlari olib borildi. Ushbu dastur orqali jadvallar tayyorlash, dastur imkoniyatlari bo’yicha amaliy va nazariy ma’lumotlar berildi. Hodimlarga ushbu jarayon amalda ko’rsatib o’tildi.