🇺🇿  2025 yilning 21-27 aprel kunlari  Urganch tuman axborot-kutubxona markazida «O’zbekiston kitobxonlar yurti» V — Respublika 📖 “Kitobxonlik haftaligi” o‘tkaziladi.

📚 Markazimizda hafta davomida turli adabiy kechalar, rasmli ko‘rgazmalar, kitob taqdimotlari, taniqli shoir, shoira va yozuvchilar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, tanlovlar, viktorina o’yinlari va boshqa ko‘pgina ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
🤝 Shu munosabat bilan  barcha kitobsevar kitobxon yurtdoshlarimizni markazimizda o’tkaziladigan  “Kitobxonlik haftaligi” ga taklif qilamiz.