🎗Tarixiy xotira, maʼnaviy va ruhiy tarbiya
O’zbekiston xalqlari ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy ongining oshishi, dunyoqarashining shakllanishi, o’zligini anglashi, ma’naviy olamining boyishida, ayniqsa, o’sib kelayotgan yosh avlodni vatanga, milliy qadriyatlarga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda muzeylarning jamiyat hayotida tutgan o’rni beqiyosdir. Mustaqillik yillarida o’tgan asrning 30-50-yillaridagi qatag’on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish qaroriga asosan Urganch tumani axborot kutubxona markazi hodimlari va «Kitobxonlar klubi» a’zolari bilan birgalikda Urganch Davlat universiteti qoshidagi «Qatag’on qurbonlari» muzeyiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida muzey hodimi sayohatchilarga muzeyda joylashtirilgan tarixiy yodgorliklar haqida tushunchalar berdi. Sayohatdan so’ng muzeyning majlislar zalida davra suhbati tashkil etilib, o’quvchilar mustabid sovet tuzumining qatag’on siyosatiga doir o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.