📚»Kitobxonlik bizni birlashtiradi»
Urganch tumani axborot-kutubxona markazida 21-27 aprel kunlari «O’zbekiston kitobxonlar yurti» shiori ostidagi an’anaviy V Respublika «Kitobxonlik haftaligi» ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Shu munosabat bilan Urganch tumani 38-sonli maktabi o’quvchilari va faol kitobxonlar ishtirokida «Kitobxonlik bizni birlashtiradi» mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Tadbir davomida o’quvchilar tomonidan kitoblar haqida she’rlar, kuy-qo’shiq va raqslar, sahna ko’rinishlari hamda kitob ko’rgazmalari asosida tashkil etilgan tadbir ko’tarinki ruhda bayramona tarzda o’tkazildi. Tadbir mehmonlari 38-sonli maktab direktori Z.Kurbanboyeva, «Yoshlik» mfysi raisi G.O’rinova va faxriy kitobxonlar qatnashishdi. Shuningdek, madaniyat bo’limi xodimlari tomonidan kuy qo’shiqlar ijro etilib, aholi va yoshlarga hush kayfiyat bag’ishladi.