🌈Barkamol avlod yulduzlari
V Respublika «Kitobxonlik haftaligi» ning 2-kunida tadbirlar davom etmoqda.
Urganch tumani axborot-kutubxona markazi va Urganch tumani «Barkamol avlod» bolalar maktabi bilan hamkorlikda «Barkamol avlod yulduzlari» deb nomlangan bellashuv bo’lib o’tdi. Bellashuvda To’rtko’l tumani 50-sonli maktabning 4-sinf o’quvchi ishtirokida o’zaro bellashuv tashkil etildi. Bellashuvning shartlari atoqli shoirlar asarlaridan namunalar keltirish, maqollarni davom ettirish, topishmoq va mentalniy arifmetiklardan savol javoblar bo’ldi. Bellashuv so’nggida markaz tomonidan g’olib bo’lgan qatnashchilarga faxriy yorliq va esdalik sovg’alari topshirildi.