V Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasida Urganch tumani axborot-kutubxona markazida ham qator dasturlar amalga oshirilmoqda.
Bugun «Davlat xizmatchisi kutubxonada bir kun» va «Sevimli yozuvchim bilan uchrashuv» loyihalari doirasida Urganch tumani hokimining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va davlat tili to’g’risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo’yicha maslahatchisi Romanova Shahlo Shukrullayevna mehmon sifatida taklif etildi.
Shahlo Romanovaning «Tong qo’shig’i» va «Meni betakror seving» she’riy to’plamlari nashr etilgan. Bundan tashqari Amerikaning Amazon kampaniyasi tomonidan «With pure love» nomli she’riy to’plamlari nashr etilgan. Uchrashuv davomida o’quvchi-yoshlar tomonidan shoiraning mehnat faoliyati, insoniy fazilatlari, ijodining o‘ziga xos jihatlari, boy ijodiy merosi haqida atroflicha so’z yuritdilar va shoiraning qalamiga mansub she’rlari tashrif mehmonlariga manzur bo’ldi. Kitobsevar o’quvchilar tomonidan berilgan turli savollarga shoira va yaqin hamkasblari tomonidan javoblar berildi. Tadbir yakunida Shahlo Romanova o’zining yangi chop etilgan «Meni betakror seving» nomli she’riy to’plamini Urganch tumani axborot-kutubxona markaziga sovg’a qildi.