«Eng uddaburon kitobxon»

Urganch tumani axborot-kutubxona markazi kitobsevar kitobxonlar bilan gavjum.
«O’zbekiston kitobxonlar yurti» shiori ostidagi an’anaviy V Respublika «Kitobxonlik haftaligi»da faol kitobxonlar va o’quvchi-yoshlar uchun «Eng uddaburon kitobxon» mahorat darslari va kitob taqdimotlari tashkil etildi. Unda o’quvchilar tomonidan kitoblar haqida she’rlar va yosh sportchilar bellashuvlari, shahmat-shashka musoboqalari bo’lib o’tdi.
Bunday tadbirlar yosh avlodni kitob mutolaasiga jalb etish, milliy adabiyotimizning durdonalarini chuqur anglash va badiiy tafakkurni rivojlantirish yo’lida muhim qadam bo’lmoqda.