Urganch tumani axborot-kutubxona markazida «Kitobxonlik haftaligi» doirasida «Kitobxonlar klubi» a’zolari va o’quvchi-yoshlar ishtirokida milliy an’analar, urf-odatlar va qadriyatlarni yorituvch «Milliy qadriyatlar faxrimiz» mavzusida tadbir bo’lib o’tdi.
Tadbirda o’quvchilar millat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, ma’naviyati, urf-odat va an’analari, o’tmishi va kelajagi bilan bog’liq qadriyatlar haqida she’rlar va milliy liboslar haqida sahna ko’rinishlari namoyish etildi.
Bugungi tadbir o’quvchilarga milliy qadriyatlarimizni anglagan holda, o’zgacha shukuh bag’ishladi.

Bunday tadbirlar milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analarni o‘rganish, yoshlar ongida ularni qadrlash hissini oshirish hamda ijodiy tafakkurni rivojlantirish maqsadida tashkil etilmoqda