Urganch tumani axborot-kutubxona markazida haftalik doirasida o’quvchi-yoshlarni haqiqiy bilim maydonida birlashtirish, sog’lom raqobatni shakllantirish maqsadida «Zakovatli yoshlar-yurt tayanchi» nomli intellektual o’yini tashkil etildi. Unda tumandagi 38-sonli maktabning 9-sinflar o’quvchilari faol ishtirok etib, o’z bilim va zakovatini namoyish etishdi. Shuningdek, o’quvchilar 2 ta jamoa, ya’ni «Liderlar» va «Zukkolar» 3 ta shart bo’yicha o’zaro bellashdilar. Bellashuvda markaz rahbari M.Yusupova so’zga chiqib, «Zakovat» intellektual o’yinidan asosiy maqsad yoshlarni aqliy salohiyatini yanada oshirishda, intellektual qobiliyatini rivojlantiradi degan holda, g′oliblikni qo′lga kiritgan «Liderlar» jamoasini va faol qatnashgan barcha o’quvchilar va ustozlariga chuqur minnatdorchilik bildirdi.