☘️Urganch tumani axborot-kutubxona markazida 21-27 aprel kunlari «O’zbekiston kitobxonlar yurti» shiori ostidagi an’anaviy V Respublika «Kitobxonlik haftaligi» doirasining 6 kuni mevali daraxtlar va «Kitobxonlar bog’i»ni parvarishlash, himoya qilish va tiklash, ko’kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish va yashil maydonlarni kengaytirish borasida “Yashil makon” umummilliy loyihasi amalga oshirildi. Loyiha doirasida kitobxonlar issiqxanada yetishtirilgan sabzavotlarni parvarishlashda faol ishtirok etishdi. Bu kabi xayrli ishlar nafaqat ekologiya va atrof-muhit muhofazasini yaxshilaydi, balki yoshlarda tabiatga daxldorlik hissini shakllantirishga ko’maklashadi.

🌱»Yashil makon»— kelajak va yosh avlod oldidagi mas’uliyatimizdir.