Urganch tumani axborot-kutubxona markaziga Xorazm viloyati To’maris jamoat fondi rahbari, shoira Sharqiya Eshjanova mehmon sifatida taklif etildi. Unda yuksak insoniy fazilatlari bugun ham yoshlar uchun ibrat bo’lib xizmat qilishi, uning sermahsul ijodi, go’zal she’riyatini barcha adabiyot ixlosmandlari sevib o’qishlari va shoiraning adabiy merosi nihoyatda boy ekanligi xususida so’z yuritilib, shoira qalamiga mansub she’rlari hodimlar tomonidan namunalar keltirildi. Shuningdek, shoira muallifligida yaratilgan vatan uchun har qanday to’siqlarni yengib o’tgan, o’z baxtini el-yurt baxtida deb bilgan fidoiy insonlar, ularning nurli va mashaqqatli hayot yo’li haqida hikoya qilingan «Armonga aylangan orzular» va «Chiroq ko’targan ayol» nomli kitoblar taqdimoti bo’lib o’tdi. Suhbat so’nggida markaz rahbari M.Yusupova shoiraga ijodiy faoliyatida zafarlar tilib, tashrifi uchun o’z minnatdorchiligini bildirdi. Ayniqsa, bugungi uchrashuv nafaqat adabiyotga oshno yoshlar qalbida milliy iftixor va adabiyotga muhabbatni kuchaytirdi, balki ilm-ma’rifat yo’lida ilhomlantiruvchi bir manba ekanligini ta’kidladi.